Fabritsio Romano: "Real" Vinisiusga kelajagi bo'yicha xabar yo'lladi
20 YANVAR, 2026, 05:54
"Real" hujumchi Vinisius Junior bilan shartnomani uzaytirishga tayyor. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, Madrid klubi futbolchiga yangi kelishuv tuzishni istayotganini ma'lum qilgan. Bu "qaymoqranglilar"ning yakuniy qarori hisoblanadi.
Qayd etilishicha, endi qaror braziliyalik futbolchining o'ziga bog'liq. "Real" rasmiy muzokaralarni boshlash uchun forvarddan javob kutmoqda.
