logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:38
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Peres portugaliyalik xavbekning "Real"ga o'tishiga qarshi chiqdi

 19 YANVAR, 2026, 22:42

"Real" maydon markazida muammolarga duch kelmoqda. Bir muddat avval OAV Madrid grandini "Al-Hilol" yarim himoyachisi Ruben Nevesh bilan bog'lay boshlagan edi.

The Touchline Carrusel Deportivoga tayanib xabar berishicha, Nevesh qishdayoq "Real" bilan shartnoma imzolashni istagan, biroq Madrid klubi prezidenti Florentino Peres ushbu transferni ma'qullamayapti.

Ruben Nevesh 2023 yil yozidan beri "Al-Hilol" sharafini himoya qilib kelmoqda. U Evropa qit'asida avval "Portu" va "Vulverxempton" safida to'p tepgan.

Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, 28 yoshli Neveshning bozor qiymati 25 million evroni tashkil etadi. U Portugaliya terma jamoasi futbolchisi hisoblanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ