Senegal bosh murabbiyini jiddiy jazo kutib turibdi
19 YANVAR, 2026, 20:18
Senegal bosh murabbiyi Pap Tiau Afrika Millatlar Kubogi finalida hakamga norozilik sifatida jamoasini maydondan olib chiqib ketgandi.
Murabbiy endi jazolanishi aniq. Jurnalist Lassana Kamaraning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, Afrika Futbol Konfederatsiyasi Tiauga qarshi intizomiy ish qo'zg'atdi.
U jiddiy diskvalifikatsiya qilinishi mumkin, bu esa Senegal murabbiyining 2026 yilgi Jahon chempionati o'yinlarini o'tkazib yuborishiga olib kelishi mumkin.
