"Real" Entso Fernandesni nishonga oldi
19 YANVAR, 2026, 15:42
"Real" va "PSJ" "Chelsi" yarimhimoyachisi Entso Fernandesni o'z safiga qo'shib olishda katta ustunlikka ega bo'ldi. Bu haqda TeamTalk yozmoqda.
Ta'kidlanishicha, londonliklar yozda o'z yulduzini munosib narxga qo'yib yuborishga tayyor. "Ko'klar" bosslari endi Fernandesni "daxlsiz" hisoblamaydi.
Xavbekning mehnat shartnomasi 2032 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 85 mln evroga baholamoqda. Joriy mavsumda Entso Fernandes "Chelsi" safida 31 ta o'yinda maydonga tushdi. Unda xavbek sakkizta gol urib, to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi.
