logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:55
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Barsa» Reshford bo'yicha «MYu»ga qancha taklif qilishi ma'lum bo'ldi

 19 YANVAR, 2026, 13:24

"Barselona"da "Manchester Yunayted"ga tegishli bo'lgan hujumchi Markus Reshfordni saqlab qolish borasida jiddiy niyat bor. Vinger joriy mavsumni Kataloniyada ijara asosida o'tkazmoqda.

Krrish xabariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" Reshford transferi uchun "qizil iblislar"ga 22 million evro miqdorida taklif yo'llagan. Kelishuv 18 million evro kafolatlangan to'lovni (uch yil davomida to'lanadi) hamda natijalarga bog'liq 4 million evro bonuslarni o'z ichiga oladi.

Ma'lum qilinishicha, «Manchester Yunayted» bunday taklifdan qoniqmagan va ijara shartnomasida avvaldan ko'rsatilgan 30 million evro evaziga to'liq sotib olishni talab qilmoqda. Hozircha klublar o'rtasida kelishuvga erishilmagan, ammo muzokaralar yaqin haftalarda davom ettiriladi.

«Barselona» safida 28 yoshli Reshford 29 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ