"Barselona" qulay imkoniyatlarni qo'ldan boy berdi
19 YANVAR, 2026, 10:18
Yakshanba kuni La Liga doirasida "Real Sosedad"ga qarshi o'yinda "Barselona"ga omad kulib boqmadi.
Xans-Diter Flik shogirdlari ko'plab gol urish imkoniyatlarini yaratdilar, ammo faqat bitta gol urdilar, raqiblari esa ikkita gol bilan javob qaytardilar.
Bundan tashqari, Opta ma'lumotlariga ko'ra, "Barselona" Evropaning eng yaxshi besh ligasi bo'yicha beshta yaqqol golli vaziyat yaratganiga qaramay, mag'lub bo'lgan yaqin tarixdagi ikkinchi jamoa bo'ldi.
Bungacha faqat "Brayton" 2020 yil sentyabr oyida "Manchester Yunayted"ga qarshi Premer-liga o'yinida xuddi shuncha imkoniyat bilan yakunda mag'lub bo'lgan edi.
