logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:59
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Liga 1. «Lion» «Brest»dan ustun keldi

 19 YANVAR, 2026, 03:30

Frantsiya chempionatining 18-turida "Lion" o'z maydonida "Brest"ni mag'lub etdi - 2:1.

Mezbonlar safida gollarga himoyachi Vinisius da Silva Santos Abner va yarim himoyachi Pavel Shults mualliflik qildi. Mehmonlarning yagona to'pi yarim himoyachi Junior Dina Ebimbe hisobiga yozildi.

19-daqiqadan boshlab "Brest" bir kishi kam bo'lib o'ynadi - hujumchi Romen Del Kastilo to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka oldi. 60-daqiqada VAR'ning ko'rsatmasidan so'ng 2:0 hisobi vaqtida Shultsning goli inobatga olinmadi.

"Lion" barcha musobaqalarda ketma-ket oltita o'yinda g'alaba qozondi. U 18 o'yindan keyin 33 ochko bilan Frantsiya chempionati jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda. "Brest" (18 o'yindan so'ng 22 ochko) 10-pog'onadan joy olgan.

Lion - Brest - 2:1

Gollar: Shults, 41 (1:0). Abner, 45 (2:0). Dina Ebimbe, 87 (2:1)

Lion: Greyf, Klyuyvert, Mata, Talyafiko, Meytland-Nayls (Mangalya, 74), Morton, Tessmann (Mera, 74), Abner (Xatebur, 90), Moreyra, Shults, Endrik (Karabets, 89)

Brest: Kuder, Shardonne, Kulibali, Loko (Zogbe, 81), Lala (Dina Ebimbe, 81), Tuzar (Guindo, 69), Magnetti, Shotar, Labo Laskari (Mbup, 57), Del Kastilo, Ayork (Dumbiya, 69)

Ogohlantirishlar: Meytland-Nayls, 47. Abner, 86

Chetlatish: Del Kastilo, 19

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ