logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:23
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Real"ning EChLdagi navbatdagi o'yinida kimlar ishtirok etmasligi aniq

 18 YANVAR, 2026, 22:30

"Real" Chempionlar Ligasi doirasidagi "Monako"ga qarshi uy uchrashuviga tayyorgarlik ko'rmoqda. Yakshanba kuni Alvaro Arbeloa jamoasi o'zining navbatdagi mashg'ulotini o'tkazdi.

Marca xabariga ko'ra, himoyachi Antonio Ryudiger va hujumchi Rodrigo jamoadan alohida shug'ullangan. Germaniyalik va braziliyalik futbolchi bo'lajak bahsda "Real"ga yordam berish ehtimoli kam.

Shu bilan birga, qayd etilishicha, "Real"ga seshanba oqshomida Eder Militao, Trent Aleksandr-Arnold va Ferlan Mendi yordam bermasligi aniq.

Eslatib o'tamiz, "Real" va "Monako" o'rtasidagi o'yin 20 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi. Ayni paytda "qaymoqranglilar" Chempionlar ligasi jadvalida ettinchi o'rinni egallab turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ