Pochettino "Tottenxem"ga qaytishga tayyor
18 YANVAR, 2026, 19:06
Maurisio Pochettino "Tottenxem" bosh murabbiyligiga qaytishga tayyor. Bu haqda talkSPORTga tayanib, TEAMtalk xabar bermoqda.
Albatta, Pochettinoning "Tottenxem"ga qaytishi yaqin orada amalga oshishi mumkin emas, chunki argentinalik hozirda AQSh terma jamoasini jahon chempionatiga tayyorlamoqda. Maurisioning London klubiga qaytishi uchun eng yaqin vaqt mundialdan keyin boshlanadi.
Maurisio Pochettino 2014-2019 yillarda "Tottenxem"ni boshqargan. Argentinalik qo'l ostida "shporlar" hatto Chempionlar Ligasi finaligacha etib borishgan.
Hozirda "Tottenxem"ni Tomas Frank boshqarmoqda. Jamoa Premer-liga turnir jadvalida 14-o'rinni egallab turibdi.
