"Pelas" Glasnerning mavsum oxirigacha qolishini istaydi
18 YANVAR, 2026, 18:06
"Kristal Pelas" rahbariyati "Sanderlend"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng emotsional gapirgan Oliver Glasnerni mavsum oxirigacha bosh murabbiy sifatida saqlab qolmoqchi, deb xabar beradi Sky Sports.
Avvalroq, 51 yoshli mutaxassis mavsum yakunlangach, klubni tark etishini ma'lum qilgandi.
Hozirda "Pelas" Glasnerni iste'foga chiqarmoqchi emas va mavsum yakunlangach, xotirjam va munosib tarzda xayrlashishni ma'qul ko'radi.
Klubdagilar murabbiy uzoq davom etgan g'alabasiz seriya fonida vaziyatni barqarorlashtira olishiga umid qilmoqda.
