logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:00
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Usman Nurmagomedov: "Dubaydagi "qafas" kichkina, uning qochadigan joyi yo'q"

 18 YANVAR, 2026, 17:32

Engil vaznda PFL chempioni, uch haftadan so'ng angliyalik Elfi Devisga qarshi jangda kamarini himoya qiladigan Usman Nurmagomedov raqibining keskin gapiga fikr bildirdi.

Devis avvalroq rossiyalik aralash yakkakurash ustasining zarba berish texnikasi barqaror emasligi, o'zi esa bosim ostida sinayotgani haqida gapirgandi.

"Devisni kuchli zarbaga ega jangchi deb bo'lmaydi. Kim uni yaxshi zarba berish texnikasiga ega deb aytdi? - deya savol bilan yuzlandi Nurmagomedov MMA Junkie kanaliga bergan intervyusida. - U albatta, sobiq chempionlar va eski jangchilardan bir-ikkitasini mag'lub etgan, lekin ochig'ini aytsam, bu g'alabalar meni qoyil qoldirmadi...

Uning zarba berish texnikasidan boshqa hech narsasi yo'q. Albatta, men uni parterga o'tkazaman. U nima qiladi? Uning rejasi qanday bo'ladi? Aleksandr SHabliy uni parterga tushirdi, u o'rnidan tura olmadi ham. Aksariyat raqiblari uni parterga o'tkazadi, u esa ularni shunchaki ushlab turdi. SHunchaki o'zini urdirmaslikka harakat qiladi va raund tugashini kutadi. Keyin yana qandaydir taekvondo usullarini ko'rsatib, oktagon bo'ylab yugurishni boshlaydi. Ammo u Dubaydagi "qafas" kichkina ekanini tushunmaydi. Uning qochadigan joyi qolmaydi"

Eslatib o'tamiz, Usman Nurmagomedov va Elfi Devis o'rtasidagi jang 7 fevral kuni BAAning Dubay shahrida bo'lib o'tadigan PFL Championship Series 5 turnirining asosiy to'qnashuviga aylanadi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ