logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:56
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Barsa» markaziy himoyachisi Italiya klubi bilan kelishib oldi

 18 YANVAR, 2026, 14:12

"Barselona" markaziy himoyachisi Andres Kuenka Italiyaga ko'chib o'tishga yaqin turibdi. Kataloniya grandining ikkinchi jamoasida to'p tepayotgan 18 yoshli futbolchi "Komo"ga o'tishga rozilik berdi, deya xabar bermoqda jurnalist Nikolo Skira.

"Ko'k-anorranglilar" shartnomaga birinchi navbatda qayta sotib olish huquqini kiritmoqchi.

Avvalroq, "Komo" Madridning "Real" klubidan Nikolas Pas va Xakoba Ramon bilan xuddi shunday shartlarda transfer amalga oshirgan edi.

Transfermarkt talqiniga ko'ra, Andres Kuenkaning narxi 500 ming evroga teng. Istiqbolli ispaniyalik futbolchi "Barsa" uchun faqat bir marta - Chempionlar ligasining o'tgan mavsumida "Yang Boyz"ga qarshi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ