logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 07:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Maynuning elkasiga shamol tegdi": Kerrikning futbolchidan umidlari katta

 18 YANVAR, 2026, 13:36

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Kerrik jamoa yarim himoyachisi Kobbi Maynuning o'yini haqida gapirdi.

Futbolchi mankunianliklarning APL 22-turidan o'rin olgan "Siti"ga qarshi Manchester derbisida asosiy tarkibda maydonga tushdi. Maynu maydonda to'liq 90 daqiqa harakat qildi.

"Kobbi Maynu - ajoyib o'yinchi, unda ulkan iste'dod, ulkan qobiliyat bor. U nihoyatda muhim o'yinlarda maydonga tushdi va o'zini ko'rsatdi. Men uning o'zini yanada yaxshi tomondan ko'rsatishini intiqlik bilan kutyapman," - deya mutaxassisning so'zlarini keltiradi Sky Sports.

Uchrashuv 2:0 hisobida "Yunayted" foydasiga hal bo'ldi. Maynu samarali harakatlar bilan ajralib turmadi.

2025/2026 yilgi mavsumda 20 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda 15 ta o'yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning bozor qiymati 40 mln evroni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ