logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Maykl Zerafa umrbod diskvalifikaciya qilinishi mumkin

 18 YANVAR, 2026, 12:16

Hamyurti Nikita Czyuga qarshi jang o'tkazga avstraliyalik Maykl Zerafa boksdan umrbod chetlatilishi mumkin.

Bu haqda Code Sports portali xabar bermoqda.

Malumotlarga ko'ra, No Limit Boxing promouterlik kompaniyasi ham Zerafa bilan shartnomani uzaytirmaydi. Czyu bilan jang kelishuv doirasidagi so'nggisi bo'lib, shartnoma 6 ta jangni o'z ichiga olgandi.  

Eslatib o'tamiz, Avstraliyaning Brisben shahrida bo'lib o'tgan Czyu va Zerafa o'rtasidagi jang bokschilarning ikkinchi raundda bosh to'qnashuvi tufayli o'tkazilmagan deb topilgan edi. Zerafa to'qnashuv natijasida bir ko'zi ko'rmayotganini aytgan va referi buning natijasida jangni davom ettirmaslik qarorini chiqargandi. Jangni translyaciya qilgan Fox Sports telekanali Zerafani jangdan qochishda aybladi.  

Malumot uchun, 16 yanvar kuni Avstraliyada o'tgan ushbu jangda o'rtaga birinchi o'rta vazn (72,6 kg gacha) toifasidagi WBO International kamari qo'yilgandi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ