logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:49
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Vinisius so'nggi 19 ta o'yinda bor-yo'g'i 1 ta gol urdi

 18 YANVAR, 2026, 12:00

"Real" vingeri Vinisius Junior "Levante" darvozasiga ham yo'l topa olmadi.

Braziliyalik futbolchi La Liganing 20-turidan o'rin olgan o'yinni (2:0) asosiy tarkibda boshladi va butun o'yin maydonda harakat qildi. U raqib darvozasiga ikkita aniq, bir marta noaniq zarba yo'lladi.

Vinisius "Real" safida oxirgi 19 o'yinda 1 gol urgan. 11 yanvar kuni u Ispaniya Superkubogi finalida "Barselona"ga qarshi o'yinda (2:3) gol urdi.

La Ligada vinger mavsumning 20 ta o'yinida 5 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ