logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:07
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Manchester Siti" vingeri bilan xayrlashishga tayyor

 17 YANVAR, 2026, 16:06

"Manchester Siti" klubi qanot hujumchisi Oskar Bobb qishki transferlar davrida jamoani tark etishi mumkin.

Football Insider xabariga ko'ra, Bobbning joriy transfer oynasida ketish ehtimoli ortgan, chunki Antuan Semeno kelganidan keyin uning asosiy tarkibga kirishi yanada qiyinlashgan. So'nggi bir yarim yil davomida Bobb sport formasi va o'yin amaliyotida muammolarga duch kelmoqda. Futbolchiga "Tottenxem" "Kristal Pelas" va Dortmundning "Borussiya" klublari qiziqish bildirmoqda.

Joriy mavsumda 22 yoshli norvegiyalik futbolchi barcha musobaqalarda 15 ta o'yinda maydonga tushib, birorta ham gol urmadi, biroq bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bobbning "Manchester Siti" bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt mutaxassislari futbolchining narxini 25 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ