logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:32
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

CHexiyalik tennischi 18 ta eys evaziga Oklendda chempion bo'ldi

 17 YANVAR, 2026, 13:32

Bugun Yangi Zelandiyaning Oklend shahrida tennis bo'yicha ATP 250 toifasiga kiruvchi turnir yakuniga etdi.

Musobaqa bosh sovrini Yakub Menshikka nasib etdi. CHexiyalik tennischi faoliyatidagi ikkinchi ATP sovriniga ega chiqdi. Dunyoning 18-raketkasi hal qiluvchi final uchrashuvida ATP reytingida 39-pog'onadan joy olgan argentinalik Sebastyan Baesni 6/3, 7/6(7) hisobida mag'lubiyatga uchratdi. 

Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Sakson to'rt daqiqa davom etgan bahsda Menshik 18, Baes 2 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham 3 tadan qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Breyklar bo'yicha chempionlik ustunlik qildi - 2 ga 1. 

Menshik tay-breykda uchtalik setbolni bartaraf etishga muvaffaq bo'ldi. U 250 reyting ochkosi va 106 460 dollar mukofot puliga ega chiqdi. Baes esa bir haftalik mehnatidan 165 ochko hamda 62 115 $ ishlab oldi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ