logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:34
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Liverpul» van Deykka «Tottenxem»dan o'rinbosar topdi

 17 YANVAR, 2026, 13:30

"Tottenxem" himoyachisi Mikki van de Ven faoliyatini "Liverpul"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Topskills Sports UK xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, mersisaydliklar 24 yoshli futbolchida Virjil van Deykning uzoq muddatli o'rinbosarini ko'rishmoqda. Qayd etilishicha, van de Ven uchun shaxsiy shartnoma shartlari hech qachon muammo bo'lmagan, shu bois "Liverpul" u bilan bemalol kelisha oladi. Ta'kidlanishicha, himoyachining o'zi "Liverpul"ga o'tishni istamoqda, ammo transfer qishda amalga oshish ehtimoli past.

Joriy mavsumda van de Ven barcha musobaqalarda 28 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, niderlandiyalikning narxi 65 million evroni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ