"Arsenal" vingeri hozirgi kunda dunyoning eng kuchli 3 nafar futbolchisini sanadi
17 YANVAR, 2026, 13:12
Londonning "Arsenal" klubi vingeri Noni Madueke Goal portali bilan suhbatda hozirgi kunda dunyoning eng kuchli futbolchilari kimlar ekanligini aytdi.
— Hozirgi kunda dunyoning eng yaxshi uchta futbolchisi?
— Lamin Yamal, Kilian Mbappe va Xarri Keyn", - deb javob berdi angliyalik vinger.
