logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:03
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Maguayr "MYu"ning yangi bosh murabbiyi haqida qanday fikrda ekanligini aytdi

 17 YANVAR, 2026, 13:00

"Manchester Yunayted" markaziy himoyachisi Xarri Maguayr jamoaning yangi ustozi Maykl Kerrik haqida qanday fikrda ekanini aytdi.

Angliyalik mutaxassis joriy mavsum yakuniga qadar "qizil iblislar" bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi sifatida ish boshladi.

"Men juda ta'sirlandim. Albatta, men Kerrikni ilgari ham bilardim va u Sulsherning yordamchisi sifatida o'zini qanday ko'rsatganini eslayman.

Menga Kerrikning g'oyalari yoqadi. U taktika borasida juda, juda kuchli. U "Midlsbro"da bosh murabbiy sifatida tajribaga ega. Ishonchim komilki, u bu erda o'z niyatlarini amalga oshira oladi.

Maykl - klub afsonasi, muxlislar uni qo'llab-quvvatlaydi. U va butun murabbiylar shtabi bu hafta menda katta taassurot qoldirdi," - dedi Maguayr Sky Sports’ga bergan intervyusida.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ