"Atalanta" Lukman bo'yicha qaror qabul qildi
17 YANVAR, 2026, 12:30
Nigeriyalik hujumchi Ademola Lukman qishki transfer oynasida "Atalanta"ni tark etmaydi. Bu haqda Calciomercato xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Italiya klubi rahbariyati yanvar oyidagi transfer oynasida hujumchi bilan xayrlashmoqchi emas. Bergamoliklar uni kamida 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha saqlab qolmoqchi, keyin esa taxminan 40 million evroga sotishi mumkin.
Ademola "Atalanta" bilan 2027 yilning yarmigacha shartnoma majburiyatlari bilan bog'langan. "Transfermarkt" portali hujumchining bozor narxini 35 mln evroga baholamoqda.
Joriy mavsumda Lukman 16 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.
