«Yuventus» Frantsiya terma jamoasi hujumchisi bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda
16 YANVAR, 2026, 23:00
"Yuventus" hujum chizig'ini kuchaytirish ustida ishlamoqda va "Kristal Pelas"dan Jan-Filipp Mateta transferini ko'rib chiqishda davom etmoqda. 28 yoshli frantsuz "keksa sinora" short-listida birinchi o'rinda bormoqda.
Jurnalist Janluka di Martsioning o'z saytida ma'lum qilishicha, "Yuventus" avvalo Matetaning atrofidagilar bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.
Qayd etilishicha, Matetaning transferi "Kristal Pelas" va 28 yoshli futbolchining o'ziga bo'lgan talablar tufayli qimmatga tushadi. "Burgutlar" futbolchi uchun 40 million evro so'ramoqda.
