logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Barselona" iqtidori klubdan ketish qarori haqida Flikni ogohlantirdi

 16 YANVAR, 2026, 22:06

Hujumkor yarim himoyachi Dro Fernandes qishda "Barselona"ni tark etadi. Ispaniyaning Sport nashri tarqatgan xabarga ko'ra 18 yoshli futbolchi juma kuni ertalab jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flikka o'z qarorini ma'lum qilgan. Dro klubga tovon puli sifatida 6 million evro to'laydi.

Yaqin kunlarda futbolchi oilasi va agentlar bilan uchrashib, turli variantlarni o'rganishni rejalashtirmoqda. "Barselona" biroz shokka tushdi va iste'dodli o'yinchini ushlab qolishga urinishi mumkin.

Qayd etilishicha, "Barselona" Dro Fernandes bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirgan, ammo sport direktori Deku shartnomani o'z vaqtida yopishga ulgurmagan.

Dro yaqinda - 12 yanvar kuni 18 yoshga to'ldi. Dro Fernandes "Barselona"ning asosiy jamoasi safida beshta o'yinda maydonga tushgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ