Argentinalik markaziy himoyachi La Liga klubiga o'tadi
16 YANVAR, 2026, 18:42
"Xetafe" "Bryugge"dan yangi markaziy himoyachi sifatida Zaid Romeroni transfer qilish bo'yicha kelishuvga yaqinlashmoqda. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko'ra, gap iyungacha ijaraga olish to'g'risida bo'lib, ijara haqi to'lanadi, ammo sotib olish imkoniyati ko'zda tutilmagan.
26 yoshli argentinalikning Belgiya klubi bilan shartnomasi 2028 yil yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt uni 2 million evroga baholamoqda.
