Arbeloa «Real» fanatlariga murojaat bilan chiqdi
16 YANVAR, 2026, 17:36
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa "Levante"ga qarshi o'yindan oldingi matbuot anjumanida klub muxlislariga murojaat qildi.
"Bernabeu"ga qaytish biz uchun katta motivatsiya. Men muxlislarning fikrlarini juda hurmat qilaman, lekin ulardan futbolchilarni qo'llab-quvvatlashlarini so'rayman. Ular hushtak chalishadimi yoki yo'qmi, bilmayman", - dedi Arbeloa.
"Real" - "Levante" uchrashuvi 17 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 18:00 da start oladi.
