logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:18
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

UFC Iliya Topuriyani chempionlikdan mahrum qiladimi?

 16 YANVAR, 2026, 12:48

Engil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Iliya Topuriya oilaviy mojaro va uning ortidan kelgan sud jarayoni bilan o'ralashib qolgani uchun nomalum muddatga tatilga chiqqan.

Bu holatda UFC rahbari Dana Uayt hozircha Iliyani o'ziga tegishli unvondan mahrum qilishni rejalashtirmayapti, garchi u sud jarayonlari bilan bog'liq muammolar tufayli uzoq vaqt davomida oktagonga chiqa olmasa ham. Liga vaqtinchalik chempionlik kamari uchun 24 yanvar kuni Peddi Pimblett va Jastin Getji o'rtasida jang tashkil qilmoqda. 

"Men juda ishonchli manbadan bilamanki, UFC Iliyani chempionlikdan mahrum qilmoqchi emas, ular unga qancha vaqt kerak bo'sa, shuncha vaqt berishadi, - dedi ESPN jurnalisti Karlos Kontreras Legaspi. - Agar vaqtinchalik kamarni himoya qilish kerak bo'lsa, ular bunga ruxsat berishadi. UFC’dagilar vaziyatga to'g'ri munosabatda bo'lishdi. Ular Topuriyaning yulduzli salohiyatiga juda ishonishadi".



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ