logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Van Deyk "Chelsi"ga o'tishi mumkin edi

 16 YANVAR, 2026, 12:36

"Liverpul" markaziy himoyachisi Virjil van Deyk Angliya Premer-ligasining yana bir top-klubini qiziqtirib qoldi.

O'tgan yil boshida "qizillar" sardorining kelajagi mavhum ko'ringandi - uning shartnomasi yozda tugar edi. Jurnalist Ben Jeykobsning ma'lum qilishicha, "Chelsi" niderlandiyalik futbolchini erkin agent sifatida o'z safiga qo'shib olish imkoniyatini ko'rib chiqqan. Boshqa da'vogarlar singari, "ko'klar" ham mersisaydliklar bilan mehnat shartnomasini 2027 yilgacha uzaytirganida yulduz markaziy himoyachi nomzodini rad etishdi.

Virjil van Deyk 2018 yil boshidan buyon "Liverpul" sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda 34 yoshli futbolchi Arne Slot jamoasi safida 29 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ