logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:19
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Etti vaznda jahon chempioni Kayla Xarrisonni almashtirishga tayyor

 16 YANVAR, 2026, 11:00

24 yanvar kuni Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadigan UFC 324 turnirining co-main event jangi amaldagi UFC chempioni Kayla Xarrisonning jarohati sabab bekor qilingandi.

Buning natijasida uzoq muddatdan so'ng faoliyatini qayta tiklayotgan sobiq ikki vazn UFC chempioni Amanda Nunes raqibasiz qolgan edi. Boks bo'yicha etti vazn toifasida jahon chempioni Amanda Serrano Kayla Xarrisonni almashtirishga tayyorligini malum qildi.

"Men chaqiruvni mamnuniyat bilan qabul qilgan bo'lardim, chunki hali ham formadaman. Umid qilamanki, chempion tezda tiklanib, safga qaytadi", - deb yozdi yarim engil vazn toifasida WBO va WBA chempionlik kamarlariga egalik qilayotgan Serrano ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Malumot uchun, Puerto-rikolik 37 yoshli Serrano professional MMAda uchta jang o'tkazgan. 2018 yilda u boshqa debyutant Korina Errera bilan durang qayd etgan va keyin ikki jangida raqibalarini birinchi raunddayoq bo'0ib qo'ygan edi. 

SHubhasiz, UFC o'z turniriga chetdan jangchini taklif qilmaydi, chunki Serranoning promouteri Dana Uaytga qarshi tanqidiy chiqishlari bilan tanilgan Jeyk Pol hisoblanadi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ