"Kyoln" ustozi "Bavariya"ning kuchli jihatiga to'xtalib o'tdi
16 YANVAR, 2026, 09:06
"Kyoln" klubi bosh murabbiyi Lukash Kvasniok "Bavariya" bilan o'yindan keyin o'z fikrlarini bildirib o'tdi. U shunday deydi:
"Ularga qarshi o'yinda, raqibdan ko'proq yuguribgina, imkoniyatlar hosil qilish mumkin. Ammo raqib juda ham tirishqoq va ularni engish imkonsizdek tuyuladi. Texnik jihatdan "Bavariya" deyarli xatolarsiz o'ynaydi. Biz bitta gol urishga erishdik. Ammo bu etarli bo'lmadi. Xarri Keyn ajoyib futbolchi va Evropaning eng yaxshi hujumchilaridan biri deya olaman".
