logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 07:30
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kerrik "Manchester Yunayted"ga hech qanday talab qo'ymagan

 15 YANVAR, 2026, 23:30

"Manchester Yunayted" yanvar oyida katta bitimlar tuzmoqchi emas.

"Menga ma'lum bo'lishicha, Maykl Kerrik yanvarda tarkibni kuchaytirishni so'ramagan va hech qanday talab ham qo'ymagan.

"MYu" yanvarda katta pul sarflashni rejalashtirmayapti va Kerrik hech qanday kuchaytirishni talab qilmagan.

Bu ular umuman bozorda ishlamaydi, degani emas. Menga shuni uqtirishdi: agar "Yunayted" anchadan buyon ko'zlayotgan maqsadga yanvarda munosib summa evaziga erishilsa, klub bu futbolchini qo'lga kiritish uchun qadam tashlaydi.

Ammo bosh murabbiyning o'zgarishi yangi transferlar ortidan quvishga hech qanday ta'sir ko'rsatmasligi aniq," - deya Sky Sports jurnalisti Rob Dorsettning so'zlarini keltiradi Metro.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ