logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:12
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Endrik: «Lion»ga sovrin yutish uchun kelganman»

 15 YANVAR, 2026, 21:48

Qishki transfer oynasida hujumchi Endrik o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun "Real"dan "Lion"ga ijaraga o'tdi.

Braziliyalik futbolchi "to'quvchilar" safida nechta gol urmoqchi ekani haqidagi savolga javob berdi.

"Men o'yinlarda g'alaba qozonishni kutyapman - bu eng muhimi. Men gollar evaziga g'alaba qozonishga yordam berishga harakat qilaman, ammo boshqa futbolchilar ham gol urishi mumkin. "Lion"ga gollarni sanash uchun kelganim yo'q. "Lion" bilan sovrin yutish uchun kelganman. Gol urish uchun ishlayman, lekin ba'zida to'pni sherikka uzatgan ma'qul", - deya Endrikning so'zlarini keltiradi Marca.

O'tgan dam olish kunlari Endrik "Lion" safida ilk bor Frantsiya kubogida "Lill" darvozasini ishg'ol qildi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ