logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:58
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Uorton uchun kurashga London klubi ham qo'shildi

 15 YANVAR, 2026, 13:48

"Kristal Pelas" yarim himoyachisi Adam Uorton Premer-liganing yana bir top-klubi short-listiga kiritildi.

TEAMtalk jurnalisti Din Jonsning xabar berishicha, Londonning "Tottenxem" klubi 21 yoshli xavbekning transfer imkoniyatlarini zimdan o'rganishni boshlagan. Ayni paytda "shporlar" yaqin ikki transfer oynasida futbolchini sotib olish ehtimoli qandayligini aniqlashga harakat qilmoqda.

Aytish kerakki, Uortonga Madridning "Real", "Manchester Yunayted", "Chelsi" va Evropaning boshqa top-klublari qiziqish bildirmoqda.

Joriy mavsumda Uorton barcha musobaqalarni qo'shib hisoblaganda 29 ta o'yinda maydonga tushdi va 3 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ