logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Arsenal" Artetaga shartnomani uzaytirishni taklif qiladi

 15 YANVAR, 2026, 13:42

Londonning "Arsenal" klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Mikel Artetaning ishidan mamnun. Insayder Nikolo Skiraning ijtimoiy tarmoqlar orqali ma'lum qilishicha, "kanonirlar" mutaxassis bilan mehnat shartnomasini 2029 yilgacha uzaytirmoqchi.

Ispaniyalik murabbiyning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi muddati kelasi yilning iyun oyida yakuniga etadi. Mikel 2019 yildan beri "Arsenal" boshqaruvida ishlamoqda.

Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida "kanonirlar" 49 ochko bilan eng yaqin ta'qibchisini 6 ochkoga ortda qoldirib, musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqich jadvalida ham Arteta jamoasi birinchi o'rinda bormoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ