logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:20
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Arteta deyarli Vengerning natijasini takrorladi

 15 YANVAR, 2026, 11:54

Angliya Liga Kubogi yarim final dastlabki o'yini doirasida "Arsenal" safarda "Chelsi"ni mag'lub etdi. O'yin 3:2 hisobida yakunlandi.

"Chelsi" bilan ushbu uchrashuv "kanonirlar" bosh murabbiyi Mikel Arteta uchun "ko'klar"ga qarshi safarda yutqazmagan ketma-ket 8-o'yin bo'ldi. Bungacha "Arsenal" 4 marta g'alaba qozongan va shuncha marta durang o'ynagan. Oxirgi mag'lubiyat 2019 yilda, Arteta klubga kelishidan oldin sodir bo'lgan.

OptaJoe xabariga ko'ra, "Arsenal"ning amaldagi ustozi "Stemford Brij"da to'qqizta o'yinda (1998 yil sentyabridan 2005 yil apreligacha) mag'lubiyatga uchramagan Arsen Venger natijasini deyarli takrorladi.

"Arsenal" va "Chelsi" o'rtasidagi Liga kubogi javob uchrashuvi 3 fevral kuni bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ