logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:08
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Saliba: "Arsenal" barcha sovrinlar uchun kurashishga tayyor - endi hammasi boshqacha"

 15 YANVAR, 2026, 08:48

Londonning "Arsenal" klubi markaziy himoyachisi Vilyam Salibaning fikricha, jamoada mavsumni g'alaba bilan yakunlash uchun barcha imkoniyatlar bor.

Chorshanba kuni "kanonirlar" Liga kubogi finaliga chiqish yo'lida muhim qadamni tashladi: "Stemford Brij"dagi birinchi yarim final uchrashuvida "Chelsi" mag'lub etildi (3:2).

"Uch yil ketma-ket maqsadga yaqin keldik - bu tajriba bizga ko'p narsani o'rgatdi. Ammo bu mavsumda o'zimizni boshqacha his qilyapmiz. Biz tayyormiz. "Arsenal" barcha turnirlarda g'oliblik uchun kurashishga tayyor. Ha, biz o'zimizga ishonamiz. Albatta, so'zda hammasi oson, ammo biz maydonda nima qilish kerakligini bilamiz. Hozir bizda hammasi yaxshi, lekin bu hali oxiri emas - oldinda besh oy bor. Barcha sovrinlarni qo'lga kiritish uchun bor kuchimizni beramiz," - deya Salibaning so'zlarini keltiradi jurnalist Konnor Xamm.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ