logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Ispaniyalik jurnalist: "Real"da havaskor klub darajasida qaror qabul qilinadi"

 15 YANVAR, 2026, 08:18

Taniqli jurnalist Tomas Ronsero Madridning "Real" klubidagi hozirgi vaziyatga izoh berdi. Chorshanba kuni "qaymoqranglilar" Ispaniya Kubogi 1/8 finalida "Albasete"ga mag'lub bo'ldi (2:3). Bu jamoaning ikki kun oldin iste'foga chiqarilgan Xabi Alonso o'rniga kelgan Alvaro Arbeloa qo'l ostidagi birinchi o'yini edi.

"Bu o'yin oldidan Alonsoni almashtirish xato bo'ldi. Murabbiylarni almashtirish uchun juda noqulay vaqt. "Real"da havaskor klub darajasida qarorlar qabul qilinadi.

Jamoaning yangi a'zolari o'rtamiyona futbolchilar bo'lib chiqdi. Hozir "Real"da sifatli yarim himoyachilar, birorta etakchi yo'q. Ular mendan g'azablanishlari mumkin, lekin menga baribir. Men buni aytishim kerak edi," - deya Ronseroning so'zlarini keltiradi Madrid Xtra.

Madridliklar shanba kuni La Liga doirasida o'z maydonida "Levante"ni qabul qiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ