logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:46
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Karim erkin agentga aylandi

 14 YANVAR, 2026, 21:36

32 yoshli yarim himoyachi Karim Demirbay Istanbulning "Eyupspor" klubi bilan xayrlashib, erkin agentga aylandi. Bu haqda Istanbulning Evropa qismidagi klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Eslatib o'tamiz, Demirbay 2025 yilning yozida "Eyupspor" safini to'ldirgandi. Yarim yil davomida u Turkiya chempionatida 16 ta o'yinda maydonga tushdi. Avvalroq u ikki yil davomida "Galatasaroy"da o'ynagan va u bilan Turkiyada ikkita chempionlikni qo'lga kiritgan.

Ammo Demirbay ko'proq Bundesligadagi o'yinlari bilan tanilgan. Germaniya chempionatida Dortmundning "Borussiya" klubi tarbiyalanuvchisi "Gamburg", "Kayzerslautern", "Bayer", "Gamburg", "Xoffenxaym" klublarida o'ynagan.

"Eyupspor" Turkiya chempionatining asosiy autsayderlaridan biri bo'lib, klub 17-o'rin va 13 ochkoga ega.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ