Fabritsio Romano "Roma" yangi hujumchi transferini amalga oshirishga yaqin turganini aytdi
14 YANVAR, 2026, 17:54
Insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqda "Aston Villa"ning niderlandiyalik forvardi Doniell Malen "Roma" futbolchisiga aylanishini tasdiqladi.
Avvaliga futbolchi "Roma"da yarim yillik ijara asosida o'ynaydi, keyin esa rimliklar uning huquqlarini sotib oladi.
Qayd etilishicha, "Villa" yarim yillik ijara uchun 2,3 mln evro oladi. To'liq transfer esa yozda "Roma"ga qariyb 29 mln.
14 yanvar, chorshanba kuni Malenga yangi klub joylashgan Rimga uchib ketishga ruxsat berildi. Joriy mavsumda u "Villa" safida 29 ta rasmiy o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urgan.
