"Manchester Yunayted" yangi transferlar rejalashtiryaptimi?
14 YANVAR, 2026, 13:30
"Manchester Yunayted" yanvar oyida yangi transferlarni rejalashtirmayapti. Xabarlarga ko'ra, klub yangi vaqtinchalik murabbiy bo'lmish Maykl Karrik uchun qo'shimcha futbolchilar olib bermoqchi emas. Garchand "MYu"ning o'yinlari dabdala bo'lishiga qaramay, (7ta bahsda 1ta g'alaba) Karrik bor resurslardan foydalanishga majbur bo'ladi.
Yaqindagina klub hujumchilari Brayan Mbeumo hamda Amad Diallo jarohatidan qaytgani haqida xabar qilingan edi. Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" navbatdagi bahsni o'z maydonida, "Manchester Siti"ga qarshi o'tkazadi.
