logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:07
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Yaponiyalik chempion Sanjar Zokirovning chaqiruviga qanday javob berdi? (FOTO)

 14 YANVAR, 2026, 13:00

O'zbekistonlik taniqli MMA jangchisi Sanjar Zokirov avvalroq, o'ta engil vazn toifasida ONE Championship Ligasining amaldagi chempioni Yuya Vakamatsu bilan jang qilish istagini bildirgandi.

Zokirov chempionlik kamari uchun bahsni 10 aprel kuni Bangkokda (Tailand) tashkil etiladigan ONE Fight Night 42 turniri doirasida o'tkazishni taklif qilgandi.

Vakamatsuning javobi esa quyidagicha bo'ldi:

"Yaponiyadagi turnir haqida nima deysan? Yaponiya ajoyib mamlakat", deb yozgan Yuya.

Malumot o'rnida, 29 aprel kuni Yaponiyaning Tokio shahrida ONE 175 turniri bo'lib o'tadi.

22 yashar "Tornado" Zokirov faoliyati davomida hozirgacha 14 ta jang o'tkazib, ularning barchasida raqiblaridan ustun kelgan. 30 yoshli Vakamatsu hisobida esa 20 g'alaba va 6 ta mag'lubiyat bor. U o'z chempionlik kamarini bir marta muvaffaqiyatli himoya qilib ulgurgan.



 


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ