"Zenit" yangi yarim himoyachi transferi uchun 25 million evro sarflashga tayyor
14 YANVAR, 2026, 12:12
Peterburgning "Zenit" klubi o'z safiga "Red Bull Bragantino" sharafini himoya qilayotgan 23 yoshli braziliyalik xavbek Jon Jonni o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Metaratings.ru sayti jurnalistlariga ma'lum bo'lishicha, Braziliya tomoni o'z shartlari bajarilsa, futbolchini qo'yib yuborishga tayyor. "Bragantino" Jonning sotuvidan taxminan 25 million evro ishlab olmoqchi. Klublar o'rtasida muzokaralar jarayoni davom etmoqda.
Transfermarkt portali yarim himoyachining bozor narxini 11 million evroga baholamoqda.
