"Chelsi" rejalashtirayotgan yirik transferlar ma'lum bo'ldi
14 YANVAR, 2026, 12:00
Londonning "Chelsi" klubi yozgi transferlar vaqtida qimmatbaho xaridni amalga oshirishi mumkin.
"Ko'klar" yanvar oyida bozorda faol bo'lishi dargumon, ammo mavsumlar oralig'ida tarkibni kuchaytirish imkoniyatlarini o'rganmoqda. "Chelsi" yozda bir nechta "jiddiy" xaridlarni amalga oshirishi taxmin qilinmoqda, deya xabar bermoqda jurnalist Nizaar Kinsella. Yulduz nomzodlar qatorida "Yuventus" hujumchisi Kenan Yildiz ham bor, shuningdek, London grandi "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kobbi Maynuni kuzatishda davom etmoqda.
Yildizning Transfermarkt portalidagi narxi - 75 mln evro, Maynuning narxi esa xuddi shu sayt tomonidan 40 mln evroga baholanmoqda. Har ikki futbolchi hozirda 20 yoshda.
