logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:45
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Israel Adesanya qaytyapti. Jang manzili, raqibi malum + POSTER

 14 YANVAR, 2026, 09:32

O'rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Israel Adesanya bir yillik tanaffus hamda mag'lubiyatlar seriyasidan so'ng yana oktagonga qaytmoqda.

U 28 mart kuni Sietlda bo'lib o'tadigan UFC Fight Night 271 turnirida Jo Payferga qarshi jang o'tkazadi. Bu oqshomning asosiy jangi bo'ladi. Jahonning eng kuchli ligasi rahbari Dana Uayt ushbu jangni rasman elon qildi.

Israel o'tgan yilning fevral oyida ikkinchi raundda texnik nokaut evaziga Nassurddin Imavovga imkoniyatni boy berib, ketma-ket uchinchi mag'lubiyatini qabul qilib olgandi. Bungacha 36 yoshli nigeriyalik chempionlik janglarida bir ovozdan SHon Striklendga va to'rtinchi raundda Drikus Dyu Plessi tomonidan orqadan bo'g'ish orqali mag'lubiyatga uchragandi.

Jo Payfer esa, aksincha, birinchi raundda Mark-Andre Barrioni nokautga uchratib, Kelvin Gastelum ustidan hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozondi. Keyin esa ikkinchi raundda Abusupiyan Magomedovni bo'g'ib qo'ydi. Ayni paytda Israel Adesanya reytingda oltinchi, Jo Payfer esa 15-o'rinni egallab turibdi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ