logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:05
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Turkiya kubogi. «Istanbul Bashakshehir» «Boluspor»ni mag'lub etdi. Fayzullaevdan assist (videosharh)

 13 YANVAR, 2026, 21:00

Turkiya kubogi musobaqasi 6-bosqichi "A" guruhining 2-turi doirasida «Istanbul Bashakshehir» o'z maydonida «Boluspor»ni qabul qildi.

Mezbonlar bosh murabbiyi Nuri Shahin asosiy tarkibga o'zbekistonlik ikki futbolchi — Abbos Fayzullaev va Eldor Shomurodovni asosiy tarkibda maydonga tushirdi.

Bahsning 14-daqiqasida Abbos Fayzullaev sariq kartochka oldi. 23-daqiqada esa hamyurtimiz burchak zarbasini amalga oshirdi va Opoku Jerome bosh bilan darvozani ishg'ol qildi.

Birinchi bo'lim so'ngida mehmonlar futbolchisi Usluo'glu hisobni tenglashtirdi.

O'yin tugashiga 6 daqiqa qolganida Nunu Da Koshta "Bashakshehir"ga g'alaba keltiruvchi gol muallifi bo'ldi.

Abbos Fayzullaev 60-daqiqada zaxiraga olingan bo'lsa, Eldor Shomurodov bahs oxirigacha maydonda qoldi.

«Istanbul Bashakshehir» ushbu g'alaba evaziga o'z ochkolarini 3 taga etkazdi va guruhda 3-o'ringa ko'tarilib oldi (guruhda 8 ta jamoa bor).

Turkiya kubogi. "A" guruhi, 2-tur
«Istanbul Bashakshehir» - «Boluspor» - 2:1
Gol: Opoku Jerome (23), Nunu Da Koshta (84) — Usluo'glu (45)

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ