logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:21
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Barsa» Kanselu transferi bo'yicha xabarlarni o'chirib yubordi

 13 YANVAR, 2026, 18:36

"Barselona" seshanba kuni Joau Kanseluning jamoaga qaytganini e'lon qildi. Biroq, tez orada Kataloniya klubi ushbu xabarni rasmiy saytidan o'chirib tashladi. "Ko'k-anorranglilar"ning ijtimoiy tarmoqlarida Kanselu haqidagi ma'lumotlar ham yo'qolgan. Kanseluning o'zi ham o'z sahifalaridan "Barselona"ga o'tishni yakunlagani haqidagi xabarlarni olib tashladi.

"Barselona" va Joau Kanselu nima sababdan bunday qilishgani hozircha ma'lum emas. Yangiliklarni kuzatib boramiz.

Joau Kanselu 31 yoshda. Avvalroq, "Barselona" portugaliyalikni 2025/2026 yilgi mavsumning ikkinchi qismi uchun "Al-Hilol"dan ijaraga olgani haqida xabar bergan edi.

"Barselona" La Ligada peshqadamlik qilmoqda va ikkinchi o'rindagi "Real"ni 4 ochkoga ortda qoldirmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ