logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:16
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Tarmoqlarda Ronalduning g'alati harakati muhokama qilinmoqda

 13 YANVAR, 2026, 17:48

"An-Nasr" dushanba kuni "Al-Hilol" mehmoni bo'lib, 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Birinchi bo'limda gol urgan Krishtianu Ronaldu 83-daqiqada zaxiraga olindi.

1:2 hisobida maydonni tark etayotgan yulduz hujumchi bundan norozi bo'ldi. Ronaldu sardorlik bog'ichini sherigiga uzatayotganda istehzoli jilmaydi. "Al-Hilol" esa penaltidan uchinchi golni urganida, Krishtianu o'rindiqda g'alati harakat qilib, barmoqlarini kameraga qaratdi. Ijtimoiy tarmoqlarda muxlislarning fikricha, Ronaldu adolatsiz hakamlikka shama qilgan.

Mag'lubiyatdan so'ng "An-Nasr" peshqadam "Al-Hilol"dan 7 ochko ortda qolmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ