"Chelsi"ning sobiq futbolchisi Zuma navbatdagi klubini tark etdi
13 YANVAR, 2026, 14:42
Markaziy himoyachi Kurt Zuma va "ChFR Kluj" mehnat shartnomasini bekor qilish bo'yicha kelishuvga erishdi, deya xabar bermoqda klub sayti.
31 yoshli frantsiyalik futbolchi 2025 yilning sentyabrida erkin agent sifatida Ruminiya jamoasiga o'tgan va shundan buyon 4ta o'yinda maydonga tushgan.
Zuma "Chelsi", "Vest Xem", "Cent-Eten", "Stok Siti", "Everton" va boshqa jamoalardagi o'yinlari bilan tanilgan. Uning hisobida Frantsiya terma jamoasi safida 11 ta o'yinda 1 ta gol bor.
