logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Frantsiya terma jamoasi sobiq futbolchisi 35 yoshida faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi

 13 YANVAR, 2026, 14:00

Frantsiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Mamadu Sako faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.

35 yoshli futbolchi iyul oyidan beri klubsiz edi.

Sako Frantsiya kubogi 1/32 finalidan o'rin olgan "PSJ" - "Parij" (0:1) uchrashuvi boshlanishidan oldin "Park de Prens" maydonida rasmiy bayonot berdi.

Frantsuz faoliyatini "Parij"ning yoshlar jamoalarida boshlagan, 2007 yildan 2013 yilgacha "PSJ"da o'ynagan. U klub safida 201 ta o'yinda maydonga tushdi.

"PSJ"ni tark etgach, himoyachi "Liverpul" va "Kristal Pelas"da o'ynadi, 2021 yilda esa "Monpele"ga o'tdi va u erda 49 ta o'yinda maydonga tushdi.

Sobiq futbolchi Frantsiya terma jamoasi safida 29 ta o'yin o'tkazgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ