logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Yuventus» «Barsa» sobiq himoyachisini qishdayoq transfer qilmoqchi

 13 YANVAR, 2026, 13:42

"Yuventus" 2025-26 yilgi mavsum oxirida shartnomasi tugaydigan "Selta" o'ng qanot himoyachisi Oskar Mingesa transferiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Yahoo Sports xabar berdi.

Ayni paytda "byankonerilar" yana bir himoyachini o'z safiga qo'shib olmoqchi va bir necha pozitsiyada o'ynay oladigan futbolchilarga ustunlik berilmoqda.

"Barselona" yoshlar jamoasining sobiq futbolchisi Mingesa 30 iyun kuni erkin agentga aylanishi mumkin. "Selta" u bilan yangi bitim tuzishga harakat qilmoqda, ammo hozircha kelishuvga erishilmagan. "Yuventus" yanvarda Mingesa bo'yicha kelishuvga erishish imkoniyatiga ega bo'lishiga umid qilmoqda. Ammo "Selta" bunga deyarli rozi bo'lmaydi, chunki bu holatda jamoa summaning yarmini "Barselona"ga berishiga to'g'ri keladi.

26 yoshli ispaniyalikning Transfermarkt portalidagi narxi 14 million evroga baholanmoqda. Mavsumning 21 o'yinida Mingesa 2 ta sariq kartochka oldi, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ