logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Endrik qishdayoq «Real»ga qaytadimi?

 13 YANVAR, 2026, 13:12

Madridning "Real" klubi hujumchi Endrikni "Lion"dagi ijarasidan qaytarmoqchi emas.

19 yoshli braziliyalikning kelishuvida shartnomani muddatidan oldin bekor qilish va futbolchini "Real"ga qaytarishni nazarda tutuvchi band bor, ammo madridliklar Xabi Alonso jamoa bosh murabbiyligidan ketganidan keyin uni faollashtirishni rejalashtirmayapti.

Band faqat 20 yanvargacha amal qiladi. Bu muddatdan keyin Endrikning joriy mavsum oxirigacha ijaradan qaytishi imkonsiz bo'lib qoladi.

"Real" braziliyalikning "Lion" safidagi debyutidan mamnun. Uning o'zi ham yangi jamoada baxtiyor.

Eslatib o'tamiz, Endrik "Lion" safidagi debyut o'yinida Frantsiya Kubogi 1/16 finalidan o'rin olgan "Lill"ga qarshi bahsda gol urgan edi. Uning goli "Lion"ga 2:1 hisobida g'alaba keltirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ